Ushbu o'quv qo'llanma kirish, 7 ta bob, xulosa, adabiyotlar ro'yxatdan iborat. Kirish qismida shaharsozlik nazariyasining shaharsozlik faoliyatidagi o'rni, boshqa turdosh fanlar bilan aloqasi, shaharsozlik nazariyasi maqsadi yoritilgan. I-bobda zamonaviy shaharsozlikning tug'ilishi, II-bob aholi joylashuvi va tumanni rejalashtirish, III-bob esa, shaharni tarhiy tashkil etishga bag'ishlangan. IV-bobda O'zbekiston zamonaviy shaharozligining xususiyatlari va muammolari ochib berilgan bo'lsa, V-bobda shaharning me‘moriy-badiiy kompozitsiyasi haqida so'z yuritiladi. VI-bobda shaharsozlik nazariyasining ekologik asoslari haqida, VII-bobda esa, shaharsozlik nazariyasining estetik asoslari ochib beriladi. Xulosa qismida boblarda keltirilgan qoida va tasniflarga yakun yasaladi.