Mazkur uslubiy qo‘llanma 5111000 – Kasb ta’limi (5340500 – “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish”) va 5340500 – “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar hamda ushbu soha bo‘yicha kadrlarni malaka oshirish va qayta tayyorlash kursi tinglovchilari foydalanishlari mumkin. Laboratoriya ishlarida talabalar qurilish industriyasida qo‘llaniladigan mexanik uskuna va mashinalarning ishlashi, tuzilishi, konstruksiyasi, tavsifi, texnik ko‘rsatkichlari va ularni aniqlash amallari bilan yaqindan tanishadilar