Mazkur o‘quv qo‘llanma bino va inshootlarning texnik holatini baholash bo‘yicha bino va inshootlarning strukturaviy mustahkamligi, ishonchliligi, xavfsizligi va ekspluatatsion yaroqliligini aniqlashga qaratilgan muhim muhandislik jarayonlari keltirib o‘tilgan. Muhim jihatlaridan biri konstruksiyalarni tekshirishda turli usullar birgalikda qo‘llanilib, ularning ichki hamda tashqi holatini to‘liq aniqlash imkoniyatlarini, texnik holatni baholash natijasida inshootlarning xavfsizligi va xizmat muddati aniqlash yoki zarur ta‘mirlash, mustahkamlash choralari hamda inshootlarning uzoq muddat barqaror ishlashini ta‘minlashga qaratilga materiallar bilan yoritilib o‘tilgan.