Inshootlar inson tomonidan jamiyatning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun bunyod etilgan, ichki hajmga, bo‘shliqqa ega bo‘lmagan barcha qurilmalar inshootlar deb ataladi. Inshootlar asosan texnik masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan bo‘ladi: to‘g‘on, damba, GES, yirik irrigatsiya suv taqsimlash qurilmalari, ko‘prik, tunel, metroni stansiyasi, tutun minorasi, teleminora, rezervuar va boshqalar.