Mazkur darslikda shahar hududini vertikal rejalashtirish, vertikal rejalashtirishning usullari, turli funktsional zonalarni vertikal rejalashtirish masalalari; shahar hududini tashqi – atmosfera suvlaridan, sizot suvlaridan muhofaza qilish usullari va qo'llaniladigan tadbirlar; hududlarni suv toshqinidan himoya qilish; sel va uni bartaraf qilish bo'yicha chora-tadbirlar; ko'chki va uni bartaraf qilish bo'yicha qo'llaniladigan chora-tadbirlar; alohida shartsharoitlardagi, xususan, jarliklar, karstli hududlar, quyunlar, barxanlar, cho'kuvchi, zilzilaviy hududlarda ko'riladigan chora-tadbirlar haqida ma'lumotlar berilgan.