Arxitekturaviy loyihalash (tomosha binolari) o'quv qo'llanmasi texnik oliy ta'lim muassasalaridagi arxitektura fanining o'quv rejasiga muvofiq 2-4 kurs talabalari ga mo'ljallangan. O'quv qo'llanmaning mazmuni 5340100- "Arxitektura" mutaxassisligi bo'yicha tuzilgan kompleks o'quv dasturining bo'limi hisoblangan "Arxitekturaviy loyihalash" kursning dasturiga to'liq mos keladi.