Ushbu o’quv qo’llanma oliy ta'limning 5340200 - "Bino va inshootlar qurilishi" (Sanoat va fuqoro binolari qurilishi) mutaxassislik yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan bakalavrlar uchun mo’ljallangan. Unda bino va inshootlar haqida umumiy ma'lumotlar, ularga qo’yiladigan talablar, loyiha, loyihalash bosqichlari hamda ularning turlari, binolarga ko’rsatiladigan ichki va tashqi ta'sirlarni hisobga olgan holda hisoblash-loyihalash bo’yicha ma'lumotlar yoritilgan.