Rivojlanayotgan jahon arxitektura landshaftida milliy va umumbashariy tajribalar uyg‘unligi shahar taraqqiyotining muhim omili sifatida e’tirof etilmoqda. Bu muammoning optimal yechimlaridan biri bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy tayyorgarligiga e’tibor qaratishdir. Hozirgi kunda ta’lim va tarbiya jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga aylanib bormoqda.