“Chizmachilik” fanidan yozilgan o‘quv qo‘llanma Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, amaldagi namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan. Unda chizmachilik fanining nazariy asoslari, grafik tasvirlash qoidalari, chizmalarni bajarish texnikasi va amaliy topshiriqlar tizimli bayon etilgan. Qo‘llanma xorijiy adabiyotlar tajribasi hamda yangi adabiyot yaratish talablariga muvofiq tarzda tayyorlangan bo‘lib, o‘quv jarayonida samarali foydalanish uchun tavsiya etiladi.