Mazkur o‘quv qo‘llanma binolarni texnik holatini o‘rganish bo‘yicha konstruksiyalarning eskirishi, bino konstruksiyalarida shikastlanish va avariya holatlarining paydo bo‘lishi sabablarini o‘rganishga bag’ishlangan. Buning uchun binolarda kuzatuv-tekshiruv ishlari, texnik diagnostika hamda temirbeton, g‘isht-tosh, yog‘och va metall konstruksiyalardan iborat bino konstruksiyalarining texnik holatini baholash masalalari haqida talabalarda bilim, ko‘nikma va tajribani shakllantirishni qamrab olgan.