Me’moriy obidalar va go‘zal inshootlarni ko‘rib hayratga tushamiz. Chunki, ularning shakliy tuzilishidagi mahobatlilik, uyg‘unlik va munaqqashlik bizni o‘zgacha nafosat olami va go‘zallik dunyosiga yetaklaydi. Xo‘sh, bu go‘zallikning mazmun - mohiyati, mo‘jizakor me’morchilik san’atining sir - asrorlari nimada? Ularga erishishning qanday uslublari mavjud? Qo‘lingizdagi darslik nafaqat me’morlarni, balki har bir insonni qiziqtiruvchi ushbu savollarga javob berishga, m’moriy go‘zallik sirlari va uslublarini yoritishga, ulardan ijodiy faoliyat va amaliyotda foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib berishga qaratilgan.