Qo’llanma natyurmort tuzish va uni tasvirlash metodikasi ta’riflanadi. Har bir vazifani kompozitsion usul bo’yicha bajarish talabaning arxitekturaviy obyektlar va muhit o’rtasidagi plastik bog’liqliklarni aniqlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Qo’llanmada berilgan metodik materiallar talabalarda geometrik shakl hamda formalardan iborat buyumlar asosida tuzilgan natyurmortni kompozitsiya yaratish qonuniyatlari asosida tasvirlash, bu jarayonda formalarni transformatsiyalash metodida arxitekturaviy obyekt, me’moriy kompozitsiya shaklida tasvirlash kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirishni nazarda tutadi. O’quv materiallari didaktikaning uzviylik va uzluksizlik prinsiplari asosida taqdim etilgan bo’lib, matnga mos illyustrativ materiallar taqdim etilganligi talabalar uchun materiallarni vizual idrok etish jarayonini ongliligini ta’minlaydi.