Darslik "Gaz ta'minoti tizimlari" fanining o'quv dasturiga muvofiq tuzilgan. Darslikda gaz ta'minoti tizimlarini tashkil etish asoslari, O'zbekistonda gaz ta'minoti tizimlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, gaz sanoatining rivojlanish tarixi haqida ma'lumotlar berilgan. Gazli yoqilg'ining yonishi, shuningdek gazni qayta ishlash, uzoq masofalarga tashish va saqlash jarayonlari ko'rsatilgan. Gaz ta'minoti tizimlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishning asosiy muammolari ham ko'rib chiqilgan. Gazni saqlash joylarining turlari, shahar gaz ta'minoti tizimlarining sxemalari, shuningdek, past va o'rta bosimli gaz quvurlarini yotqizish, tartibga solish va korroziyadan himoya qilish usullari berilgan. "Qurilish" bakalavriat (60730400 «Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji» profili) yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan.