Ushbu monografiyada qayta tiklanadigan energiya manbalari bo‘yicha fundamental ma’lumotlar keltirilgan hamda quyosh kollektorlari, shuningdek, suyuqlik asosidagi quyosh issiqlik kollektorlarining asosiy turlari, ishlash tamoyillari, konstruktiv xususiyatlari va qo‘llanilish jihatlari bayon etilgan. Shuningdek, unda suvni isituvchi quyosh kollektorlari panellari va quyosh energiyasidan passiv foydalanishga oid konstruksiyalar tasvirlangan hamda o‘z-o‘zini rostlovchi faol elementlarni qo‘llash orqali quyosh issiqlik tizimlarining samaradorligi va ishonchliligini oshirish usullari batafsil yoritilgan.