O‘quv qo‘llanma «Sanoat gidrotexnikasi» fani dasturi asosida yozilgan bo‘lib, unda sanoat chiqindilari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar, chiqindixona gidrotexnika inshootlari, ularni loyihalash va barpo etish haqida bayon etilgan. Unda chiqindixona dambalarini turlari va konstruksiyalari, filtratsiyaga qarshi va drenaj qurilmalari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan, chiqindixonalarni filtratsiya hisobi, dambalarni turg‘unligi va cho‘kishini hisoblash bayon etilgan.