Boshqaruv inson faoliyatining murakkab va mustaqil sohasi bo‘lib, unda ko‘plab xodimlar va mutaxassislar band bo‘ladi. Mazkur kishilar moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan mehnat jamoalari faoliyatiga maqsadli ta’sir ko‘rsatishadi, ya’ni ular boshqa kishilar, mehnat jamoalari faoliyatini boshqarishadi va mehnatni tashkil etishadi.