Quruvchi-muhandislar bin ova inshootlarni loyihalash, qurish, kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va buzish ishlarini bajarishni, shuningdek binova inshootlarni texnik ekspluatatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini yaqqol tasavvur qilishlari kerak bo‘ladi. “Qurilish sohasida me’yoriy hujjatlar tizimi” fani ijtimoiy, siyosiy va g‘oyaviy omillarni hisobga olgan holda bo‘lajak quruvchi-muxandislar sohaviy va ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiladi. “Qurilish sohasida me’yoriy hujjatlar tizimi” fani 60730300-Qurilish muhandisligi: (bino va inshootlar qurilishi) bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalariga shaharsozlikning o‘ziga xos hususiyatlari, ularga qo‘yiladigan talablar, loyihaviy va konstruktiv yechimlarini baholash, bino va inshootlarni loyihalash va qurish me’yorlari va qoidalari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiradi.