Quruvchi-muhandislar binolarni texnik ekspluatatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini yaqqol tasavvur qilishlari kerak bo‘ladi. “Qurilish ob’ektlarini texnik ekspluatatsiyasi asoslari” fani ijtimoiy, siyosiy va g‘oyaviy omillarni hisobga olgan holda bo‘lajak quruvchi-muhandislar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiladi. Qurilish ob’ektlarini texnik ekspluatatsiyasi asoslari fani 60730300 - Bino va inshootlar qurilishi (bino va inshootlarni loyihalash, qurish) bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalariga shaharsozlikning o‘ziga xos hususiyatlari, ularga qo‘yiladigan talablar, loyihaviy va konstruktiv yechimlarini baholash, bino va inshootlarni loyihalash me’yorlari va qoidalari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiradi.