Ushbu “English for Architecture and Civil Engineering Students” darsligi asosan 1-bosqich 60730100- Arxitektura (turlari boʻyicha),6041120-Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) , 60713400-Atrof muhit muhandisligi, 60730300- Qurilish muhandisligi (qurilish materiallari texnologiyasi va standartlashtirish), 6011240-Professional taʼlim (qurilish muhandisligi,bino va inshootlar qurilishi) taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun ingliz tilidan qoʻshimcha foydalanish uchun darslik boʻlib, ushbu sohaga oid boʻlgan soʻzlarning,yaʼni arxitektura, qurilish, muhandislik bino inshootlariga doir matn va mashqlar berilishi bilan boshlanadi. Albatta, bunday matnlarning tayyorlanishi talabalarda mazkur soha haqida tasavvur hosil qilib ushbu sohani mukammal oʻrganishida katta yordam beradi. Bundan tashqari, mazkur darslikda mavzuga doir savol javoblar yangi soʻz va iboralar talabarning nutqiy faoliyatini shakllantiruvchi dialog va aqliy mashqlar xamda mustakil taʼlim uchun berilgan matnlar keltirilgan.