Ushbu darslik qurilishda marketingning maqsadlari va tamoyillarini, marketing tadqiqotlari va qurilishdagi marketing muhitini, qurilishda marketing aralashmasini, iste'molchilarning xulq-atvorini, qurilish mehnat bozorida marketingni qo'llashni, qurilishda raqobatbardoshlikni, marketing strategiyalarini, qurilish mahsulotlari bozorini segmentatsiyalashni, qurilish tashkilotlarida marketing xizmatlarini tashkil etish va boshqarishni, qurilishda narxlar va savdo siyosatini, shuningdek, reklamaning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganadi. Masalan, qurilishda marketing autsorsingi, benchmarking, franchayzing, raqamli marketing kabi mavzular ham yoritilgan. Shuningdek, investitsiya va innovatsion marketing hamda global bozorda qurilish xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari kabi mavzular ham yoritilgan.