Ta’lim tizimida islohotlar jarayoni boshlanib, shu asosda qabul qilingan «Ta’lim to‘grisida» gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» talablari asosida ta’limning ham mazmunan, ham tuzilishi jixatidan yangicha kurinishni amaliyotga tadbiq etish borasida kupgina ishlar amalga oshirildi. Bunda ta’lim turlaridagi (akademik litsey, kasb hunar kolej va texnikumlari) xamda bosqichlaridagi (bakalaviriat, magistratura) mutlaqo yangi bo‘lgan yondashuvlarning amaliyotga joriy etilishi ular o‘rtasidagi uzviylik ta’minlangandagina muvaffaqiyatli samara berishi sir emas. Shuning uchun ham ta’limda uzviylik masalasi, uni ta’minlashning didaktik asoslarini ishlab chiqish masalasi dolzarb pedagogik muammo sifatida kun tartibiga chiqdi.