Monografiyada Qashqadaryo vohasida joylashgan tarixiy manzilgohshaharlarning vujudga kelish va shakllanish bosqichlari aniqlanib, zamonaviy Qarshi shahrining qadimgi va antik davrlarda Yerqo‘rg‘on (mil.avv. V-IV aa.), Qal’ai Zahoki Moron (mil.avv. II a.), Shulluktepa (mil. III-IV aa.) kabi hududlarda, o‘rta asrlarda Qarshi qal’asi (mil. XIV asrning oxiri) hududida rivojlanganligi hamda o‘rta asr shaharlari 5 ta turda shakllanganligi, Qashqadaryo viloyatida joylashgan tarixiy yodgorliklar (masjidlar, maqbaralar, madrasalar, rabotlar, xonaqohlar, majmualar, sardobalar)ning qurilish davri, joylashgan joyi, me’moriy-rejaviy yechimi, tipologik tuzilishi yuzasidan ma’lumotlar bazasi yaratilib, madrasalar tipologiyasidagi farqli jihatlar ularning qurilish davrlari bilan bevosita bog‘liq ekanligi, Qarshi shahridagi XIX asrda bunyod etilgan Qilichboy, Abdulaziz, Bekmir madrasalari tipologik jihatdan bir-biriga o‘xshashligi, ularning hovlilari o‘rta asr madrasalari tipologiyasidan farqli ravishda sakkiz burchakli tarzda shakllantirilganligi, shuningdek, Qashqadaryo hududida joylashgan Xitoy va Langar ota masjidlari tipologiyasining o‘ziga xosligi, ularning qishgi zal (honaqoh)lari boshqa masjidlardan farqli ravishda besh ustunli tarzda rejalashtirilganligi yoritilgan.