Darslikning asosiy maqsadi talabalarda iqtisodiy tushunchalarni anglash, kasbiy terminologiyadan to‘g‘ri foydalanish hamda real o‘quv va kasbiy vaziyatlarda samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Ayniqsa, arxitektura, qurilish va biznes sohalariga oid muhokamalar, rolli o‘yinlar, vaziyatli (case) topshiriqlar hamda muammolarni hal etishga qaratilgan mashqlarga alohida e’tibor qaratilgan.