Soha iqtisodiyoti- milliy iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish bo'g'inidir. Demak, muhandislik kommunikatsiyalari tizimlarining iqtisodiyoti asoslarini bilish malakali mutaxassislar tayyorlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Mazkur qo'llanma suv ta'minoti, kanalizatsiya, suv resusrlarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish, issiqlik, gaz ta'minoti, havoni mo'tadillash va shamollashtirish tizimlarni loyihalash, qurish va ishlatish iqtisodiyoti bo'yicha muayyan bilimlarni egallashga ko'maklashadi.