Ushbu o'quv qo'llanmada kam, o'rta va ko'p qavatli turar-joy binolarini loyihalashning umumiy qoidalari, arxitektura bilan uzviy bog'lanish jarayoni ko'rsatib berilgan. Turar-joy binolarining tipologiyasi, ularni umumiy muammolari, uy-joy qurish masalalari, uy-joylarning turlari (klassifikatsiyasi), xonadon va uning tarkibi hamda funksional-texnologik bog'liqligi yoritilgan bo'lib, bunda jamiyat taraqqiyoti, iqlim sharoiti, aholining demografiyasi, funksional joylashish vazifasi, yechimi, tashqi ko'rinishiga ta'siri ko'rsatilib, ularni asoslab berilgan.