Mazkur o‘quv qo‘llanma urbanistika va shaharsozlik fanining mazmun-mohiyati, rivojlanish bosqichlari hamda zamonaviy urbanizatsiya jarayonlarining ilmiy asoslarini o‘rganishga qaratilgan. Unda shaharlarning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ahamiyati, barqaror shahar rivojlanishi tamoyillari, shahar rejalashtirishning zamonaviy usullari va texnologiyalari keng yoritilgan. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasida urbanizatsiya jarayonlari, shaharsozlik sohasida kuzatilayotgan dolzarb muammolar, ularni hal etish yo‘llari hamda davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratilgan.