"Marketing strategiyalari va strategik tahlil vositalari" nomli uslubiy qo‘llanma iqtisodiyot va menejment yo‘nalishida tahsil olayotgan hamda "Marketing", "Strategik menejment" va shu kabi fanlarni o‘rganayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanma zamonaviy raqobat muhitida samarali marketing strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishni maqsad qiladi.