Hozirgi vaqtda xalqaro munosabatlarning butun tizimida, ayniqsa iqtisodiy sohada chuqur o‘zgarishlar yuz bermoqda. Milliy ishlab chiqarish va moliyaviy tuzilmalar o‘zaro bog‘lanib, bir-biriga qaram bo‘lib borayotgan global rivojlanish jarayonlari juda tez sur’atlar bilan jadallashmoqda.