Ushbu monografiyada neft sanoatida burg‘ilash eritmalari va sementlash suyuqliklari sifatida qo‘llaniladigan suv asosli burg‘ilash suyuqliklari uchun yangi stabilizatorlar bo‘yicha amaliy tadqiqotlar bayon etilgan. Ish loy suspenziyalarini tayyorlashning kolloid-kimyoviy usullari, turli texnologik maqsadlarda dispers faza va dispers muhitni mexanokimyoviy faollashtirish, shuningdek, loy dispersiyalarining funksional xossalarini baholash uslubiyotlariga asoslangan.