Mazkur o‘quv qo‘llanmada “Biznesga kirish” fanining nazariy va amaliy jihatlari tizimli yoritilib, biznes tushunchasi, uning iqtisodiy mazmuni, bozor iqtisodiyotidagi o‘rni, tadbirkorlik tamoyillari hamda zamonaviy biznes muhitida qaror qabul qilish jarayonlari tahlil qilingan. Unda bozor tizimi, talab va taklif, raqobat, biznes subyektlari, foyda va zarar, tavakkalchilik, makroiqtisodiy muhit, davlat siyosati, global bozor, xalqaro biznes, biznes etikasi, korporativ ijtimoiy mas’uliyat, ekologik mas’uliyat va barqaror rivojlanish masalalari izchil bayon etilgan. Shuningdek, talabalarda biznes g‘oyani shakllantirish, bozorni o‘rganish, biznes-reja tuzish, resurslarni aniqlash, moliyalashtirish manbalarini baholash, investorlarni jalb qilish, biznes yuritish shakllarini tanlash hamda huquqiy-institutsional muhitni anglash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi yondashuvlar berilgan.