O’quv qo’llanmada ishlab chiqarish va qurilishda qo’l kuchi bilan yasaladigan yog’och qurilmalar va qismlar to’g’risida tushunchalar berilgan. Yog’ochdan yelimlash usulida tayyorlanadigan zamonaviy va murakkab qurilmalarni hisoblash va loyihalash asoslari keltirilgan. Qurilmalar unsurlarni (elementlarni) biriktirish turli misollar orqali ko’rsatilgan. Tom qurilma (to’shama, panjara, vassato’sin)lar va yuk ko’taruvchi asosiy qurilma (to’sin, rama, ustun, ravoq, ferma)lar misollar yordamida bayon etilgan. Qurilmalarni batafsil hisobi ilovada keltirilgan ma’lumotlar talabalarning ma’ruzalarni o’zlashtirishlarini va kurs loyihalarini bajarishlarini yengillashtiradi