Mazkur o`quv qo`llanma amaldagi fan dasturi asosida yozilgan bo`lib oliy ta‘lim muassasalarining 60730900 «Gidrotexnika qurilishi (turlari bo`yicha)» bakalavriat yo`nalishi mutaxassisligi uchun mo`ljallangan. Unda oqimning shakllanishining asosiy qonuniyatlari suv yig`ish va turli hajmlarda gidrologik tavsiflarni aniqlash usullari, gidrologik hisoblar, suv sarfi, tezlik, suv sathini o‗lchash usullari, vositalari va boshqa gidrologik materiallar yoritilgan.