Ushbu monografiya innovatsion rivojlanish sharoitida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarning raqobatdosh salohiyatini oshirishga bag‘ishlangan. Unda sanoat korxonasining innovatsion rivojlanishining mazmun-mohiyati, nazariy asoslari, uning raqobatbardoshligiga ta’siri hamda bu borada yetakchi xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalanish o‘rganiladi. Shuningdek, Oʻzbekistonda qurilish materiallari sanoati uchun investitsiya muhitini yanada rivojlantirish tendentsiyalari oʻrganiladi.