Ushbu o‘quv qo‘llanma "Yer resurslarini boshqarish" (5410700 – "Yer kadastri va yerdan foydalanish" hamda 531340 – "Geodeziya va geoinformatika" ta’lim yo‘nalishlari doirasida) mutaxassisligi bo‘yicha kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Unda bino va inshootlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tartibga soluvchi ilmiy va amaliy qoidalar bayon etilgan. Mazkur qoidalar bino va inshootlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yagona tizimini yaratish hamda bino, inshoot, hudud, funksional zona va yerdan foydalanishning maxsus shartlari belgilangan zonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.