Ushbu monografiyada topologik fazolardagi idempotent ehtimollik o‘lchovlari fazosining geometrik va topologik xossalari o‘rganiladi. Qo‘yilgan masalalarni hal etish maqsadida tadqiqotda chekli tashuvchiga va cheksiz darajaga ega bo‘lgan idempotent ehtimollik o‘lchovlari fazosi, shuningdek, kompakt tashuvchiga ega idempotent ehtimollik o‘lchovlari fazosining topologik va geometrik xossalari tahlil qilinadi.