Ushbu "Ingliz tili" qo'llanmasining maqsadi arxitektura va qurilish muhandisligi bo'yicha tahsil olayotgan talabalarning ta'lim va kelajakdagi kasbiy faoliyati sohasida xorijiy til kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishdir. Ushbu maqsadga erishish ingliz tilini o'qitishda kognitiv, kommunikativ va refleksiv usullarning optimal kombinatsiyasi, shuningdek, shaxsga yo'naltirilgan yondashuv va zamonaviy Internet texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.